Toshkentda Shahrisabz kulolchilik maktabi ko‘rgazmasi ochildi

| 2021-06-16 16:34 | Husanboyeva Muhlisa | O'zbek milliy hunarmandchilikdagi yangiliklar

Shahrisabz kulolchilik maktabi ustalari quyosh va olov rangdan samarali foydalanadi. Shu bois Yevropada bu uslubga “Otashin kulolchilik” deya ta’rif berilgan, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida tashkil etilgan ko‘rgazmada ana shunday kulolchilik buyumlarining 300 dan ortig‘i namoyishga qo‘yildi.

3frfghgh_1624014541.jpg


"Shahrisabz kulolchiligi: an’ana va innovatsiya" nomli namoyish yosh hunarmand Rustam Muzaffarovning shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib, undan ajdodlari Ahad va Zayniddin Muzaffarovlarning asarlari ham o‘rin olgan.

Rustam Muzaffarov shahrisabzlik mohir kulolchilar sulolasining yettinchi vakilidir. U 2014-yilda YuNESKOning “Butunjahon sifat belgisi”ni qo‘lga kiritdi. Ko‘pgina xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib kelayotgan yosh va mahoratli hunarmandning ijod namunalari Fransiya, AQSh, Rossiya, Yaponiya kabi qator mamlakatlar galereyalarida saqlanadi. Ijodiy ustaxonasi dunyo madaniy obidalari ro‘yxatiga kiritilgan.