Biz haqimizda

O'zbek xalq hunarmandchiligi alohida e'tiborga loyiq. Bozurgoniy jamoasi necha asirlik tarixga ega san'at darajasiga teng milliy maxsulotlarni targ'ib etish bilan shug'ullanadi.

2014 yildan boshlab shu kungacha o'z ichiga 7 xildan ziyod hunarmandchilik turlarini qamrab oldi. Hozirda so'zana, naqqoshlik va o'ymakorlik, kulolchilik, zargarlik, kandakorlik, zardo'zllik va gilam to'qish san'atlari ustalari o'z ishlari bilan Bozurgoniy yordamida tadbirkorlik qilishmoqda.




Milliy an'analar va qadriyatlarni aks etuvchi san'at asarlarini nafaqat O'zbekiston, balki butun dunyo miqyosida tanitish niyatida onlayn savdoni y'olga qo'ydik.

Har bir mahsulot qo'l mehnati asosida ko'p asirlik tajriba yordamida yaratilgan. Uzoq yil siz va oilangizga mehnat qilishiga kafolat beramiz.