Kulolchilik san'ati
Kulolchilik xalq amaliy sanʼati turlaridan boʼlib, hunarmandchilikning loydan, gildan turli buyumlar, idishlar, qurilish materiallari tayyorlaydigan sohaiga kiradi. Kulolchilikda asosiy xom ashyo tabiiy tuproq boʼlib, loy qancha koʼp pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi boʼladi. Kulolchilikning bezak sanʼati boʼlgan koshinkorlik sanʼati Markaziy Osiyoning meʼmorchiligida keng rivojlandi.
Kulolchilik – Oʼzbekiston xalq amaliy sanʼatinig eng qadimiy, gʼoyat qiziqarli turlaridan biri. Mamlakatimiz hududida kulolchiliknig koʼplab asosiy maktab va markazlari mavjud. Rishton, Buxoro, Gʼurumsaroy, Toshkent, Xorazm, Samarqand va Qashqadaryo kulolchilik maktablarini sanash mumkin. Ushbu kulolchilik maktablari bir biridan yaratilgan mahsulotlarni tayyorlanish uslubi, naqsh-gullari, rangi va pardozi bilan biri-biridan farqlanadi.