Gilam to'qish san'ati

Gilam toʼqish sanʼati ham xalq amaliy bezak sanʼatining keng tarqalgan turlari hisoblanib, u koʼp asrlik milliy anʼana va uzoq tarixga ega. Uning tarixiy ahamiyatini dunyo xalqlari muzeylarida saqlanuvchi gilamdoʼzlik yodgorliklari, turli kollektsiyalar, badiiy fondlar, shuningdek tarixiy qoʼlyozmalar ham tasdiqlab turadi. Barcha xalqlarda gilamdoʼzlik sanʼati qadim zamonlardan beri rivoj topganligini arxeologik topilmalar ham tasdiqlab turadi. Gilamdoʼzlik yurtimizda qadimdan rivojlanib kelgan hunarlardan hisoblanadi.


Jahonning turli mamlakatlaridagi qadimiy shaxristonlar, arxeologik yodgorliklardan zaminimizda yaratilgan gilamlarning namunalari topilgani, koʼplab davlatlarning yetakchi muzeylarida oʼzbek gilamdoʼzligining noyob namunalari saqlanayotgani milliy hunarmandchilikning ushbu turiga dunyo miqiyosida eʼtibor va qiziqish katta ekanidan dalolatdir.


gilam-1_1623926982.jpg


Gilamlar naqsh bezaklari, toʼqilish uslubi, boʼyalish texnikasi va sifat darajasiga qarab bir-biridan farqlanib turadi. Gilamlarning toʼqima, tikma va bosma xillari mavjud. Gilamlar kalta patli 3-7 mm va uzun patli 8-17 mm qilib toʼqiladi. Gilamlar toʼqilgan joyi yoki toʼqilgan korxonaning nomi bilan yuritiladi. Turkman gilamlari yovmut, tekin, beshir gilamlar deb yuritiladi. Eron gilamlari oʼziga xos boʼlib, gul, oʼsimlik, qush, hayvon tasvirlangan doirasimon shakllarda ishlanadi. Xitoy gilamlari dunyoga mashhur boʼlib, patlarining naqshi har-xil meʼѐrda qirqilib, relʼf hosil qilingan, tasvir zamini esa qisqaroq patli qilib ishlanadi.