Malayziyada O'zbekistondagi hunarmandchilik tarixi haqida maqola chiqdi
Malayziyaning etakchi nashrlaridan biri - "New Sarawak Tribune" gazetasida O'zbekistondagi hunarmandchilik an'analari va tarixiga bag'ishlangan “Markaziy Osiyodagi hunarmandlarning jannati” deb nomlangan maqola nashr etildi.
Unda o'quvchilarga Jahon hunarmand shaharlari ro'yxatiga kiritilgan Qo'qon shahrining hunarmandchilik ana'analari bilan borasida hikoya qilinadi. Ta'kidlanishicha, shaharda 20 ga yaqin sohalar, jumladan, ipak, paxta, to'qimachilik, oziq-ovqat, kimyoviy va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqariladigan sanoat rivojlangan.
SHuningdek, maqolada Qo'qon yarmarkalari va bozorlarida o'zbek hunarmandlarining rang-barang va betakror asarlarining nihoyatda ko'p ekanligi ta'kidlangan. O'zbekistonda milliy hunarmandchilik, xalq amaliy san'atini rivojlantirish orqali o'zbek xalqining boy madaniy merosi va tarixiy an'analarini saqlab qolish bo'yicha yutuqlarga erishilayotganiga urg'u berilgan. Qolaversa, maqolada amalga oshirilayotgan bu chora-tadbirlar aholi bandligini ta'minlash borasida juda qo'l kelayotganligi aytib o'tilgan.
Maqola muallifining so'zlariga ko'ra, o'zbek hunarmandlarining hunarmandchilik buyumlariga, xususan, Farg'ona vodiysiga bo'lgan qiziqishi va talabi ortib borayotganligi sababli, O'zbekiston rahbariyati milliy mahsulotlarni ommalashtirish va ularni jahon bozorlariga eksport qilishga katta e'tibor qaratmoqda.
Xulosa qilib aytganda, malayziyalik jurnalist amaliy san'at ixlosmandlariga O'zbekistonga tashrif buyurishni va 2021 yilda Qo'qonda bo'lib o'tadigan II Xalqaro amaliy san'at festivalida ishtirok etishni tavsiya qiladi.