So'zana matosi

So'zana matosi

395 000 so'm
500 000 so'm

-
+
Brend: So'zana milliy brendi
To'plam: So'zana

Tavsif

Ushbu fil suyagi rangidagi o'zbek so'zana mato bo'lagi O'zbekistondagi mahoratli va iste'dodli hunarmandlar tomonidan naqshinkor gullar bilan bezatilgan.

So'zana nomi forscha "suzan" ya'ni "igna" so'zidan kelib chiqqan. Markaziy Osiyodagi an'analarga ko'ra so'zana kelin oilasi tomonidan to'y kuni bo'lajak kuyovga sovg'a qilingan. Gulli naqshlar matoga birma bir qalam bilan chizilgani uchun ularning har biri takrorlanmas ko'rinishga ega. Ba'zan ish tugatilgan qalam izlari qolib ketadi va ular naqshlar tugagan joylarda ko'rinishi so'zanaga o'zgacha jilo bahsh etadi.

So'zana chizilgach qishloq ayollari ularni bir necha bo'laklarga bo'lib olib tikadilar. Ish tugatilgach barcha bo'laklar yig'iladi va bir butun So'zana hosil bo'ladi.

Bu maftunkor naqshlar bilan siz xonangizga milliy ruh olib kirishdan tashqari ko'tarinki kayfiyat ham berib turasiz.

O'lchamlari
176 sm x 143 sm